19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2019 738

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida akadem mobillik yo‘lga qo‘yildi.

Yurtimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida milliy ta’lim dargohlarini  jahon reytingida hamisha yuqori o‘rinlarda turuvchi oliy ta'lim muassasasiga aylantirish va sifatli ta'limga erishish maqsadi turibdi. Mazkur reytinglarga kirishning o‘ziga xos shartlaridan biri xorijdagi nufuzli OTMlar bilan akadem mobillik tizimini yo‘lga qo‘yishdir.

 

Akadem mobillik mamlakatlararo talabalar almashinuvi dasturi bo‘lib, bunda bir nechta iqtidorli talabalar universitetning xorijdagi hamkor OTMlariga malaka oshirish va bir muddat ta'lim olish uchun yuboriladi. Bu birinchi navbatda talabalarning bilimi, dunyoqarashi va  chet tillarini mukammal o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratadi. Qolaversa, xorijdagi tengdoshlari bilan o‘zaro fikr almashish hamda turli sohalarda ular bilan shaxsiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun ham qo‘l keladi.

Yurtimiz OTMlari orasida birinchilardan bo‘lib Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zining Rossiyadagi hamkori Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetiga 10 nafar iqtidorli talaba va 3 nafar professor-o‘qituvchini yubordi. Ular belgilangan muddat davomida NDLUda dars mashg‘ulotlari olib boradi, ular uchun tuzilgan maxsus dasturda belgilangan shaharning muhim tarixiy, ilmiy va ko‘ngilochar maskanlarga boradi, rus va ingliz tillaridan olgan bilimlarini mustahkamlaydi. Shu bilan birga  O‘zbekiston kunlarini o‘tkazadilar.

 Akadem mobillik faqat bilimlar almashinuvi emas, balki milliy madaniyatni targ‘ib qilish hamdir. Shu ma'noda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda  talabalarga puxta bilim berish bilan birga ular tom ma'noda ma'naviyat targ‘ibotchilari, xalq diplomatlari etib tayyorlanadi.

Universitetdan kelgusi o‘quv yilida Mavlono dasturi bo‘yicha akadem mobillik tizimida 150 nafar talabani Turkiyaning nufuzli OTMlariga yuborishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech