21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Transport
13 Sentyabr  2019 355

Toshkent – Andijon yo‘lovchi poezdi Angren vokzalida nima uchun to‘xtab qolgani ma'lum bo‘ldi

Bugun, 13 sentyabr kuni soat 09:25 da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtadi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta'minoti tiklandi. Ayni daqiqada elektropoezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ ma'muriyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech