24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Harbiy
20 Yanvar  2020 1684

To‘rtko‘lda «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Bank kollejida yoshlar bilan harbiy xizmatchilar tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda kollej o‘quvchilari, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Jonli muloqot va savol-javobga boy o‘tgan tadbirda yoshlarga harbiy xizmatchilarga qo‘yilgan talablar, Qurolli Kuchlarimiz qudrati va mamlakatimiz mudofaa salohiyati haqida so‘zlab berildi.

Uchrashuv davomida Xalqaro armiya o‘yinlari hamda boshqa bir qator nufuzli musobaqa va tanlovlarda g‘olib, sovrindor bo‘lgan harbiy xizmatchilar xorijiy davlatlarda O‘zbekiston armiyasiga bo‘lgan e’tibor va uning obro‘si haqida so‘zlab berdilar, harbiy xizmatchilarimiz qudratidan chet elliklar ham boxabar ekanini e’tirof etishdi.

Shundan keyin harbiy xizmatchilardan iborat vatanparvarlik karvoni tomonidan To‘rtko‘l tumani hokimligi binosi oldidagi maydonda «Ochiq osmon qo‘ynida» nomli konsert dasturi hamda qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishi o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlariga javoban To‘rtko‘l tumani 7-son maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan ko‘rsatilgan «harbiycha shou» yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Nukus garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi harbiy orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan san’at asarlari yoshla qalbini milliy g‘urur va iftixorga to‘ldirdi, deya xabar beradi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech