20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Xavfsizlik
8 Yanvar  2019 1477

To‘rt kunda poytaxtimizda qancha yo‘l harakati qoidasi buzildi?

2019-yilning 4-yanvar kunidan 7-yanvar kunigacha Toshkent shahri ko‘chalarida poytaxt IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan haydovchilar 1434 marta yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari qayd etildi.

Shulardan 20 nafar haydovchi transport vositalarini spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarganliklari aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati.

Haydovchilarimiz transport vositasini spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarish qanday oqibatlarga olib kelishi, buning uchun qanday jazolar tayinlanishini bilsalarda hamon bunday xatoga yo‘l qo‘ymoqdalar. Shuningdek, 55 nafar haydovchilar transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarishgan. 14 ta avtomobillar oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi sababli jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Yo‘l harakati qoidalarining jiddiy buzish turlaridan biri – svetoforning taqiqlovchi belgisiga e’tibor bermasilik. To‘rt kun ichida ushbu turdagi qoidabuzarlik 18 marotaba sodir etildi. Bu kabi qoidabuzarlik yo‘l-transport hodisasiga va mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ma’lum.

Bundan tashqari, 12 nafar haydovchilar avtomobil boshqara turib mobil telefonlardan foydalanganliklari qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil boshqaruvi vaqtida telefon orqali gaplashish haydovchining e’tiborini xuddi spirtli ichimlik iste’moli kabi susaytiradi.

Quvib o‘tish qoidalari poytaxt ko‘chalarida 107 bor buzilgan, bu esa o‘z navbatida 107 marta avariyaviy holat yuzaga kelganligidan dalolat beradi.

Besh nafar haydovchilar YHXB YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysinmagan. 95 avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Yodingizda bo‘lsin, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish – bu o‘zingizga, yaqinlaringizga va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga bo‘lgan hurmatdir!

sof.uz surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech