04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Mamlakatimizda
27 Yanvar  2020 1938

Hisoblagichlarni qiyoslash bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan 6 savolga javob

So‘ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda kommunal xizmatlar bo‘yicha hisoblash uskunalarini qiyoslash bilan bog‘liq sharhlarga duch kelmoqdamiz. Quyida eng dolzarb savollarga Davlat xizmati ko‘rsaish agnentligi javob beradi.

1. Hisoblagichlarimizni qiyoslashdan o‘tkazishimiz uchun qaerga murojaat qilishimiz kerak?

 Hukumatning tegishli qaroriga asosan, 2019-yil 1-noyabrdan boshlab, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazi (DXM) yoki elektron shaklda my.gov.uz portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.

2. Hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish xizmati pullikmi?

Yuqorida aytib o‘tilgan qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish xizmatini ko‘rsatishning tartibi belgilangan.

Ma'muriy reglamentga ko‘ra, elektr energiyasi hisoblagichlarini qiyoslash uchun fuqarolardan hyech qanday yig‘im undirilmaydi. Biroq, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 % (bugungi kunda 44 680 so‘m) miqdorida yig‘im ko‘zda tutilgan.

Yuridik shaxslardan mazkur xizmatni ko‘rsatganlik uchun barcha turdagi hisoblagichlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (bugungi kunda 334 500 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

3. Davlat xizmatlari markaziga hisoblagichlarni qiyoslash uchun ariza bergan bo‘lsam ham, nima uchun shu paytgacha xizmat ko‘rsatilmadi?

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda mas'ul idoralar tomonidan qaror talablari belgilangan muddat bajarilmadi. Ushbu holatlar bo‘yicha Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va «Hududgazta'minot» AJning mas’ul xodimlari bir necha marta rasman ogohlantirilgan bo‘lsa-da, qaror talablari o‘z vaqtida bajarilmadi.

 Oqibatda, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan kommunal xizmatlar hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha arizalarni DXM yoki onlayn tarzda yuborish imkoniyati yaratilmadi.

Mazkur holatlar yuzasidan yuqorida aytib o‘tilgan tashkilotlarning mas’ul xodimlari Agentlik tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 Hozirda, ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tizim ishga tushgan bo‘lib, fuqarolardan arizalar qabul qilinmoqda.

Biroq, ta’minotchi tashkilotlar belgilangan muddatda elektron tizimga ulanmaganligi sababli, hozirda ushbu sohada murojaatlarning ortib ketganligi va navbatma-navbat ko‘rib chiqilayotganligi, shu bilan birga ta’minotchi tashkilotlarda xodimlar sonining yetarli emasligi elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayoniga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, mazkur xizmatlarni ko‘rsatish muddati cho‘zilmoqda.

4. Agar men arizamni o‘z vaqtida topshirgan bo‘lsam-da, mutasaddi tashkilot hisoblagichni belgilangan muddatda yechib ketmagan bo‘lsa, kim aybdor bo‘ladi?

 Aholi tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari va elektron shaklda o‘z vaqtida berilgan arizalar bo‘yicha ta'minotchi tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmaganligi uchun fuqarolar javob bermaydi!

5. Hisoblagich qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, mazkur kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar qanday amalga oshiriladi?

Hisobga olish uskunasi talabgorning aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv uchun hisob-kitob mahalliy Majburiy ijro byurosini xabardor qilgan holda, hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan o‘tkazishga qadar bo‘lgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.

 Hisobga olish uskunasi bir oy muddatda o‘rnatilmagan hollarda hisob-kitob o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.

6. Hisoblagichlarni 2019-yilning oktyabr oyida qiyoslashdan o‘tkazgan bo‘lsam, keyingi qiyoslov ishlarini qachon amalga oshirishim kerak?

 2019-yil 1 noyabrdan keyin kelib tushgan arizalar bo‘yicha hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi fuqarolar uchun 8 yil, tadbirkorlar uchun esa 4 yil etib belgilandi.

 2019-yil 1 noyabrdan avval topshirilgan arizalarga nisbatan eski tartib qo‘llaniladi. Ya’ni, jismoniy shaxslar uchun – 4 yil, yuridik shaxslar uchun – 2 yil.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech