01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Agrosеktor
14 Aprel  2020 1028

Tomorqa bo‘sh qolmasin

Tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha loyiha ishlab chiqiladi.

2020-yil 14-aprelda Hukumatnig 216-sonli «Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish hamda mahsulot yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tuman (shahar) hokimlarining qishloq xo‘jaligi ekin turlarini va yetishtiriladigan mahsulot prognoz ko‘rsatkichlarini mahalla fuqarolar yig‘ini kesimida belgilashni nazarda tutuvchi qarorlari qabul qilinadi.

Ushbu qarorlarda, shuningdek, tomorqasiga ekin ekmagan yer egasiga yer solig‘ini oshirilgan stavkada qo‘llash masalalari nazarda tutiladi.

Tomorqa yer uchastkalariga suv yetkazib berish maqsadida sug‘orish quduqlarini qazish loyihalariga ekologik ekspertiza xulosasi va gidrogeologik xulosalar  bepul beriladi.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalariga ixtiyoriy asosda biriktiriladi.

Klaster va kooperatsiyalarga biriktirilgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga Prezidentning tegishli qarorida (https://www.lex.uz/docs/4641164) nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

Shuningdek, ekin ekmagan tomorqa yer egalarini ma'muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech