29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Sport
30 Mart  2020 727

Tokio Olimpiadasining sanalari ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, koronavirus sabab joriy yil Tokio shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilga surilgan edi.

Ayni paytda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Yaponiya hukumati va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bilan musobaqaning kelgusi yilda o‘tadigan reglamenti bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Rasmiy e’longa ko‘ra, kelasi yil o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari 1 kunga o‘zgardi va 23-iyul – 8-avgust kunlariga belgilandi.

Bu bilan joriy yili o‘tishi kerak bo‘lgan sanalarda deyarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Qolaversa, musobaqaning dasturini yangilashda, sportchi va murabbiylarning rejalariga katta ta’sir o‘tkazmasligi nazarda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, rejaga ko‘ra Olimpiya o‘yinlari shu yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar o‘tishi belgilangan edi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech