21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,7 °C

Sport
19 Aprel  2019 697

Tokio-2020 yengil atletika bahslarining taqvimi e’lon qilindi

Tokio-2020 Olimpiadasining tashkilotchilari olimpiada doirasida o‘tadigan yengil atletika bahslarining taqvimni e'lon qilishdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Unga ko‘ra yengil atletika bahslari 31-iyul kuni erkaklar o‘rtasida 20 kilometrga yugurish bellashuvi bilan boshlanib, 9-avgustda erkaklar o‘rtasidagi marafon bilan yakunlanadi.

Mazkur Olimpiadada yengil atletika taqvimining bir qator o‘ziga xosliklari mavjud. Misol uchun, shosse yo‘nalishida kechadigan bahslar mahalliy vaqt bilan tonggi 6 yoki undan avval boshlanadi. 400 metrga yuguruvchilar yakkalik, estafeta va aralash estafeta bahslarida ham ishtirok etishlari uchun taqvimga e’tibor qaratilgan. Eng asosiysi, ko‘pchilik muxlislar uchun qiziq bo‘lgan tomoshabop yo‘nalishlarning final bahslari praym-taym vaqtiga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar davom etadi. yengil atletika bo‘yicha bellashuvlar 48 yo‘nalishda o‘tkaziladi. Bu esa Rio olimpiadasiga qaraganda 1 taga ko‘p demakdir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech