06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Xalqaro hamkorlik
9 Aprel  2020 974

Tojikistonga insonparvarlik yordami joʻnatildi

Prezidentimizning topshirigʻiga muvofiq, koronavirus tarqalishining oldini olishga koʻmaklashish uchun Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami joʻnatildi.

Yer sharida jiddiy tashvish va xavotir uygʻotayotgan pandemiya dunyo boʻylab avj olganidan buyon Oʻzbekiston infeksiya tarqalishining oldini olishga koʻmaklashish uchun Xitoy, Eron, Afgʻonistonga insonparvarlik yordamlari koʻrsatdi.

Davlatimiz rahbari nomidan yon qoʻshni va azaliy birodar tojik xalqiga yuborilgan doʻstona yordam ham koʻz ilgʻamas ofatni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ehtiyoj seziladigan tibbiy buyum va vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotidan tarkib topgan.

– Insoniyat uchun umumiy ofatga aylangan ushbu kasallikka barcha davlatlar bahamjihat boʻlib kurashsa, xavfu xatarni tezroq bartaraf etish mumkin, – deydi Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J.Abramatov. – Bu masalaga Oʻzbekiston alohida eʼtibor bilan qaramoqda. Yon qoʻshnimiz Tojikistonga koʻrsatilgan yordam ham ana shunday ezgu maqsadga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Yaqin doʻst tojik xalqiga yuborilgan insonparvarlik yukida epidemiyaga qarshi kurashda zarur boʻladigan himoya kombinezonlari va koʻzoynaklari, suyuq natriy gipoxlorit, respiratorlar, qoʻlqop hamda pirometrlar, shuningdek, un mahsulotlari bor.

Insonparvarlik yordami yuklangan poyezd 8-aprel kuni kechki payt Surxondaryo viloyatidan Dushanbe shahriga joʻnab ketdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech