23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Voqea-hodisalar
22 Iyul  2020 950

Tojikiston Xavfsizlik kengashi Afgʻoniston bilan chegara hududida sodir boʻlgan voqeani koʻrib chiqdi

Kecha Emomali Raxmon raisligida Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining tojik-afgʻon davlatlararo chegarasida Togʻli-Badagʻshon avtonom viloyatining janubiy qismida vaziyatning keskinlashuviga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tojikiston Prezidenti Xavfsizlik kengashi xodimlariga, harbiy tizimlar rahbarlari va huquq posbonlariga qoʻshni davlat bilan chegara hududida davlat va millat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora koʻrish vazifasini yukladi.

Xususan, u asosiy eʼtiborni davlat chegarasida qoida buzilishining, jumladan transmilliy jinoyatchilikning oldini olishga, terrorizm, ekstremizm va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratishni talab qildi, deb xabar beradi Tojikiston Milliy Axborot Agentligi.

Tojikiston bilan Afgʻoniston oʻrtasidagi chegaraning umumiy uzunligi 1 344,15 kilometrni tashkil etadi. Shu jumladan daryo chegarasi 1 135,3 kilometrni, quruqlikdagi chegara 189,85 kilometrni, koʻl orqali esa — 19 kilometrni tashkil etadi. Chegara chizigʻi asosan Panj daryosi, hamda Amudaryoning chap quyilishi boʻylab oʻtadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech