03 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Dolzarb
6 Iyul  2020 357

Toj-Mahal ziyorat uchun yopiq

Koronavirus tufayli Hindistonda Toj-Mahal va boshqa yodgorliklarning ochilishi bekor qilindi.

Hindistonning Agra shahri rahbariyati Toj-Mahal va shaharning boshqa yodgorliklarini sayyohlar uchun ochmaslikka qaror qildi. Bunga mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar sonining keskin oshishi sabab boʻldi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Mart oyining oʻrtalarida Hindiston Hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat boʻylab 3,4 mingdan ziyod yodgorliklarning yopilishini eʼlon qilgandi. Oʻtgan payshanbada Hindiston turizm va madaniyat vaziri Praxlad Singx Patel 6-iyuldan Madaniyat vazirligi tomonidan mamlakat hududidagi koronavirus tufayli yopilgan barcha yodgorliklarning, jumladan Agra shahridagi Toj-Mahal hamda Dehlidagi Qizil fortning ochilishi haqida xabar bergandi. Albatta, barcha xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda.

Agraning eng mashhur yodgorliklaridan biri Toj-Mahal meʼmoriy yodgorligidir. Undan tashqari Hindistonning 130-yil Moʻgʻillar imperiyasining poytaxti sanalgan mazkur shimoliy shahrida Gavhar machiti hamda Shoxjahon saroyi mavjud.

Soʻngi maʼlumotlarga qaraganda, Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni boʻyicha dunyoda uchinchi oʻringa chiqib olgan. U yerda hozirgi kunda 697 ming kishi kasallangan va 19 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Kasallanganlar sonining oshishiga qaramay, Hukumat iyun oyi oxirida yakkalanish tartibidan chiqishning ikkinchi bosqichini eʼlon qilgandi. Yangi qabul qilingan tartibga muvofiq koronavirus tarqalish hududi deb eʼlon qilingan joylarda oʻzini oʻzi yakkalash tartibi 31-iyulgacha uzaytirilgan. Koʻrsatilgan muddatgacha maktablar va universitetlar faoliyati ham toʻxtatilgan. 8-iyundan boshlangan birinchi bosqich davrida ibodatxona, mehmonxona, restoran va savdo markazlariga faoliyat yuritishga ruxsat berilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech