05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Raqamlashtirish
2 Mart  2020 789

To‘lov tizimiga innovatsion yondoshuv

Markaziy bank tomonidan «QR-online» standartlashtirilgan va universal tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasida raqamli bankingni rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda QR-kod orqali («Quick Response Code» - tezkor aniqlanadigan kod) tezkor to‘lovni amalga oshirishning «QR-online» standartlashtirilgan va universal xizmati ishga tushirildi.

Mazkur tizim doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar) o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali QR-kodni shakllantirib, ro‘yxatdan o‘tkazadilar. Xaridorlar tomonidan mobil ilova dasturlari vositasida savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining QR-kodlarini skaner qilish («o‘qish») hamda xarid summasini kiritish orqali to‘lovlar amalga oshiriladi. Bunda pul mablag‘lari mobil ilovaga biriktirilgan bank kartalari hisobvaraqlari va elektron pul hamyonlardan hisobdan chiqariladi.

Cavdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari «QR-online» tizimi orqali mijozlardan qabul qilingan va bank hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablag‘larni «Telegram» tarmog‘idagi «@onlineqrbot» kanali, mijozning bank shaxsiy kabineti hamda sms-xabarnoma xizmati orqali onlayn rejimida nazorat qilib borishlari mumkin. Mazkur tizim mavjud muqobil to‘lov xizmatlaridan farqli o‘laroq, kliring tizimi bilan uzviy bog‘liqlikda ishlaydi.

Mazkur yangilik mahsulotlarni mijozgacha yetkazib berish, yo‘lovchilarni tashish kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga terminallarsiz to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish bilan bog‘liq qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Hozirgi kunda ushbu tizimni Toshkent shahrida tatbiq etish doirasida tijorat banklari tomonidan 3 mingdan ortiq xo‘jalik sub'ektlarining savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari ularga tegishli «QR-online» tizimi stikerlari bilan ta’minlandi.

To‘lov xizmatlari bozorida «QR-online» tizimining ishga tushirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, Markaziy bankning asosiy strategik maqsadli yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan to‘lov tizimi barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, deya xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech