25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Ijtimoiy hayot
11 Aprel  2019 595

TIV: Xitoyga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik qizlar elchixona konsulligi tomonidan nazoratga olingan

Xitoyda yashayotgan va erkinligi turmush o‘rtog‘i tomonidan cheklanayotganini e'lon qilgan O‘zbekiston fuqarosi Shodiyona Davlatova to‘g‘risida OAVda paydo bo‘lgan materiallar yuzasidan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma'lum qiladiki, mazkur vaziyat mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.

 

Ushbu hamyurtimiz o‘tgan yili aprel oyida Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hamda doimiy yashash uchun XXRga uchib ketgan. Tez orada ichki oilaviy nizolar tufayli Elchixona ko‘magida vatanga qaytgan. Lekin keyinroq o‘z xohishiga ko‘ra yana turmush o‘rtog‘ining yoniga jo‘nab ketgan. 31-mart kuni Sh.Davlatova Elchixonaga qayta murojaat qilgan va yashash sharoitlari va turmush o‘rtog‘i tomonidan zulm qilinayotgani to‘g‘risida shikoyat qilgan hamda O‘zbekistonga qaytish istagini ma'lum qilgan.

Oilaviy kelishmovchiliklar va turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan va'dalarning bajarilmasligi tufayli shunday iltimos bilan O‘zbekiston fuqarosi M.T. ham Elchixonaga murojaat qilgan. M.T. vositachi firma orqali xorijlik bilan tanishgan va o‘tgan yilning dekabr oyida nikohni rasmiylashtirib Xitoyga ketgan.

Shu munosabat bilan Elchixona Xitoyning tegishli hukumat organlari bilan birgalikda mazkur hamyurtlarimizni Toshkentga qaytishiga yordam berish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra ayni paytda Xitoy Xalqda xuddi shunday holatga tushgan o‘nlab fuqarolarimiz mavjud. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi tomonidan ularning shaxsini aniqlash va konsullik yordami ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ishlar tashkillashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech