29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Fikr
13 May  2020 291

Til millat ruhidir

Hazrati Abdulla Avloniy bobomizning taʼbiri bilan qaralsa, “Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdir”.  

 

Hozirgi oʻta murakkab va sinovli kunlarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami, har qanday sharoitda ham til, maʼnaviyat masalalari davlatimizning doimiy eʼtibor markazida ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

Yashnobod tumanida ham belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim amaliy ishlar oʻz samarasini koʻrsatyapti.

Mart oyida Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Toshkent shahar hokimligi, Maʼnaviyat markazi vakillari tomonidan poytaxtimizning Ohangaron, Maxtumquli va Parkent koʻchalaridagi tashqi reklama bannerlarining qonun hujjatlariga mos ravishda tayyorlanganligi oʻrganildi. Ohangaron koʻchasidagi 8ta reklama banneri olib tashlanib, oʻrniga ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan bannerlar oʻrnatildi. Shuningdek, oʻrganish mobaynida Mahtumquli koʻchasidagi qurilish obyektlari, Yashnobod tumanidagi yangi uch qavatli koʻprik atrofidagi “avtoservis”, avto yuvish shoxobchasi, “Shosh” restorani, “Tuzel” bozori atrofidagi ovqatlanish joylaridagi masʼullar bilan kelishilgan holda, reklama va eʼlonlar, tartibga keltirildi. Sanab oʻtilgan koʻchalarda jami 82 ta rus tilida tayyorlangan eʼlon va peshlavhalar olib tashlandi.

Shahar hokimligi tashabbusi bilan shahar koʻchalarining koʻzga koʻrinarli joylari Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning milliy tilimiz haqidagi purmaʼno va hikmatli bitiklari aks etgan bannerlar bilan bezatildi.

“Tasviriy oyna” uyushmasi bilan hamkorlikda 15 dan ortiq ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tashqi reklama bannerlari shahar koʻchalariga oʻrnatildi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan hamda davlat tili nufuzini koʻtarishga xizmat qiluvchi bannerlar tayyorlash ishlari davom ettirilyapti.

Ozoda BEKMURODOVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimi maslahatchisi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech