05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Moliya
7 Fevral  2020 1008

Tijorat banklari fuqarolar farovonligi tarafdori

2019-yil davomida tijorat banklari tomonidan 67 261 nafar jismoniy shaxsga 7,9 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Bu 2018-yilga nisbatan 66,6 foiz, ya’ni 3,2 trillion so‘mga ko‘p demakdir.

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent va Jizzax viloyatlari, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2019-yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 96,5 foizi, ya’ni 7,7 trillion so‘mi birlamchi bozorga, 3,5 foizi — 268 milliard so‘mi esa   ikkilamchi bozorga yo‘naltirilgan. 2018-yilda mazkur ko‘rsatkich mos ravishda 94,6 foizni, ya’ni 4,5 trillion so‘mni hamda 5,4 foizni — 244 milliard so‘mni tashkil etgan edi.

Shuningdek, ipoteka kreditlar tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 83,2 foizni, boshqacha qilib aytganda 6,6 trillion so‘mni, bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 16,8 foizni, ya'ni 1,3 trillion so‘mni tashkil qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining 4,8 trillion so‘mi — 61 foizi markazlashgan resurslar, 3,1 trillion  so‘mi — 39 foizi tijorat banklari resurslari hisobidan ajratilgan, deb xabar beradi markaziy banki matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech