08 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Salomatlik
4 Iyul  2020 521

Tibbiyotni raqamlashtirish bugungi kun talabi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi rossiyalik hamkasblariga mamlakat Hukumatining COVID-19 bilan kurashishning yuqori samaradorligiga yoʻnaltirilgan algoritm tezkor harakatini taqdim etdi.

Oʻzining puxta oʻylanganligini va zarur ekanligini isbotlagan ushbu bosqichlar 2020-yil 30-iyunda InfoSpace anjumani doirasidagi boʻlib oʻtgan onlayn sessiyadagi Milliy palata taqdimotida batafsil yoritildi. Anjuman Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi Moliyaviy va investitsiya-sanoat siyosati kengashi tomonidan tashkil etilgan.

Sogʻliqni saqlashdagi innovatsiyalar boʻyicha oʻtkazilgan sessiyada raqamli tibbiyot qanday rivojlanganligini COVID-19 pandemiyasi yuzaga chiqarganligi aniq-ravshan koʻrsatib bergan.

Unda taʼkidlandiki, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tufayli chora koʻrish maqsadida zudlik bilan mamlakat Bosh vaziri raisligida Respublika maxsus komissiyasi shakllantirilgan. Va ushbu komissiyaga pandemiyaning barcha bosqichlarida strategiyani va aniq choralarni toʻliq belgilash vazifasi yuklatilgan. Ushbu choralarning samaradorligi haqida COVID-19 bilan bogʻliq statistika guvohlik beradi. Va u Oʻzbekistonda boshqa koʻpgina mamlakatlarga qaraganda ahvol bir muncha yaxshi ekanligini koʻrsatib turibdi.

Sessiya davomida COVID-19 pandemiyasining sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni tezlashtirishga taʼsiri, innovatsion tibbiyotning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi va moliyalashtirilishi kabi masalalar muhokama etildi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.

Tibbiy yordamni tashkillashtirishda raqamlashtirishni joriy etish (Deloitte texnologiyasi), mutaxassisilar fikricha, sinxronizatsiya hisobiga shifokorlarning yetishmovchiligiga chek qoʻyilishiga olib keladi, shuningdek, bemorni uning oʻzini qanday davolayotganligiga jalb etilishiga ham olib keladi. Bemor bilan shifokor oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan axborot almashinuvi tufayli unga koʻrsatilayotgan yordamning sifati oshadi.

Mazkur tajriba Oʻzbekiston uchun juda muhim. Va bu yerda ham iyul oyidan boshlab COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallanganlarni davolashda va kasallikning asoratsiz kechishida qoʻllanila boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech