15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,2 °C

Xavfsizlik
20 Noyabr  2019 515

“Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasidagi kirdikorlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasining 2016-2019-yillardagi faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxona mansabdor shaxslari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bino va inshootlarni ta'mirlash uchun byudjetdan ajratilgan jami 2,3 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini yaqin qarindoshlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga amalda ko‘rsatilmagan dezinfeksiya va kompyuter xizmatlari, haqiqatda bajarilmagan qurilish ishlari uchun o‘tkazib berib, talon-toroj qilganliklari fosh etilgan.

Bundan tashqari, ular jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘larining asl manbaini yashirib, mulkka aylantirish maqsadida, “Labo”, “Nexia-3”, “Cobalt”, “Lacetti” va “Malibu-2” rusumli jami 9 ta avtomashinalarni xarid qilishib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirishgan.

Tekshiruv davomida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarardan 1,1 mlrd. so‘mi qoplanishi ta'minlandi.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech