02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Salomatlik
27 Mart  2020 476

Tibbiyot klinikasining maxsus «palata»lari tayyor

O‘rtasaroydagi yangi tibbiyot klinikasining davolanuvchilari uchun qurilgan «palata»larning birinchi partiyasi ketishga tayyor.

Konteynerlarni tayyorlash jarayoniga 2 300 kishi jalb qilingan bo‘lib, har bir konteyner uch kishiga mo‘ljallangan.  Hozirda 1 600 ta konteynerdan iborat birinchi partiya jo‘natilishga tayyor. Bitta konteynerning ishlab chiqarilishiga taxminan 6-7 soat talab etiladi.  

Konteynerlarning tom qismida maxsus izolyatsiya materiali o‘rnatilgan bo‘lib, u konteyner ichida zarur mikroiqlimni yaratishga ko‘mak beradi. Shuningdek ularning har biri hojatxona, dush va konditsioner bilan jihozlangan.

Konteynerlar manzilga foydalanishga tayyor holatda yetkaziladi. Faqat televizorlar joyida o‘rnatiladi.   

Ahamiyatlisi shundaki, konteynerlar turli maqsadlarda qo‘llanishga mos holda ishlab chiqarilmoqda hamda ulardan koronavirus infeksiyasi ustidan g‘alaba qozonilganidan keyin ham foydalanilishi mumkin.

Tabiiyki, sanitar talablar ham yoddan ko‘tarilmadi: kirib-chiqayotgan har bir avtomobil ikkita maxsus mashina yordamida dezinfeksiya qilinyapti. Ishchilar esa teplovizorlarda tekshirilib, gigiena vositalari bilan ta’minlanyapti, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech