29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Xavfsizlik
6 Aprel  2020 634

Tibbiy niqoblar infeksiya manbaimi?

Nima uchun tibbiy niqoblar infeksiya manbaiga aylandi?

Shu kunlarda piyodalar yo‘laklari, gazon qoplamalari, bolalar o‘yin maydonchalarida foydalanib tashlab ketilgan tibbiy niqoblar ko‘zga tashlanmoqda. Avval koronavirusni yuqtirishdan himoya qilgan niqob shu tariqa o‘zi infeksiya manbaiga aylanmoqda. 

Vujudga kelgan vaziyatga Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisining izohi quyidagicha:

Hozirda shahrimiz ko‘chalarida kuzatilayotgan tashlab yuborilgan tibbiy niqoblar yoki qo‘lqoplar, nafaqat ekologiyani ifloslaydi, balki infeksiya manbaidir. Shuning uchun ularni yopiq baklar, konteynerlar va chiqindi yig‘ish joylariga tashlash lozim.Shu kunlarda biz atrof-muhitga alohida e'tibor berishimiz va kasallik yuqtirishning eng kichik xavfiga ham yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. 

Shuning uchun, hurmatli hamshaharlar, atrof-muhitni asrash va sizu bizning salomatligimizni avaylash uchun niqoblarni belgilanmagan joylarda tashlamang! — deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech