16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Salomatlik
23 Iyul  2019 859

Sirdaryo viloyati aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning 22-iyul kunidan boshlab “Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun!” shiori ostida Sirdaryo viloyati aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu yirik ijtimoiy tadbirdan asosiy maqsad, birinchi navbatda, hududdagi aholi o‘rtasidagi statistik ma'lumotlarning haqqoniyligini aniqlash, ikkinchidan, surunkali kechuvchi – kardiologik, endokrinologik, dermatologik, nevrologik, ginekologik, urologik singari bir qancha yo‘nalishdagi xastaligi mavjud bemorlarni dispanser nazoratiga olish va shu asnoda ularni birlamchi tibbiy profilaktika nazoratidan tortib, profilaktikasini to‘laqonli o‘tkazishga qaratilgan. Uchinchidan esa, ushbu tadbirda   malakali mutaxassislar bilan birga  aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda faol  ishtirok etayotgan mahalliy shifokorlar bir vaqtning o‘zida o‘z bilim ko‘nikmalari va  tajribalarini yanada oshirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Bunday ko‘riklarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, aholi o‘z hududidan chiqmagan holda respublika darajasidagi sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish imkoniyatidan bahramand bo‘lmoqda. Agar bir bemorda bir necha turdagi kasallik mavjud bo‘lsa, u ayni yo‘nalishdagi tor soha mutaxassislari ishtirokida shu yerni o‘zida konsiliumi asosida muolaja tayinlanmoqda.

Hudud aholisiga malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadi tashkil etilayotgan ko‘riklar davomida mutaxassislar har bir murojaat qiluvchiga alohida e'tibor qaratib, ularga zarur tavsiya va amaliy yordamlarini ko‘rsatishmoqda.

“Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari va muloqotlar ham olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech