21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,9 °C

Urbanizatsiya
19 Mart  2019 935

Tez kunlarda Toshkentda “Soy bo‘yi” sayilgohi foydalanishga topshiriladi

Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasi bo‘ylab to Keles yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan “Damashi” kanalining qirg‘oq bo‘yi hududida “Soy bo‘yi” sayilgohini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Loyihaga muvofiq, sayilgoh hududida aholining dam olishi va sayr qilishi uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar xiyobonlar tashkil etiladi, umumiy ovqatlanish shahobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari quriladi. Nuroniylar uchun alohida maskan, kutubxona, dunyoga mashhur inshootlarning kichik maketlari hamda o‘ziga xos me'moriy yechimga ega boshqa bunyodkorlik namunalari ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech