28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Salomatlik
26 Mart  2020 2146

Tez fursatda o‘nga yaqin shifoxonalar quriladi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash maqsadida qisqa fursatlarda qator shifoxonalarni barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

Jumladan, Toshkent shahrida uchta zamonaviy ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari bunyod etilmoqda. Birinchisi, bu 144 o‘ringa mo‘ljallangan Chilonzor tumanida yangi qurilayotgan shahar 3-sonli bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi va 158 o‘rinli shahar 4-sonli bolalar kardiorevmatologiya klinik shifoxona binolari yaqin oylarda foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, Yashnabod tumanida joylashgan Toshkent stomatologiya institutining yangi qurilayotgan binosini 250 o‘rinli zamonaviy davolash muassasasiga aylantirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur bino may oyida foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida karantin muassasasini bunyod etish uchun 55 gektar yer ajratilib, juda qisqa kunlarda qurib bitkazilish choralari ko‘rilmoqda. Yana bir yirik muassasa Zangiota tumanida bunyod etilmoqda. Shu kunlarda ushbu tumandan ajratilgan 27 gektar yer maydonida o‘n ming o‘rinli shifoxona qurilishi jadal davom etmoqda.Ushbu yangi tibbiyot mussasa ham yaqin fursatlarda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, ayni paytda Andijon, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ham koronavirus bilan kasallanganlar va ularning karantini uchun xuddi shunday muassasalar qurilmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech