23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19 °C

Bo‘sh vaqtda
19 Dekabr  2018 5731

Bolalarning sevimli maydoniga aylanadi

Qoyaga tirmashib chiqishni yaxshi ko‘radigan yoshlar uchun mos devor, kamalak ranglaridagi narvonchalar va yorqin sanoq cho‘tlari – bularning hammasini «Kosmonavtlar» metro bekati yonidagi maydonda ko‘rishingiz mumkin. Bu yerda kattalar uchun trenajyorlar ham o‘rnatilgan, ammo ularni birinchilardan bo‘lib tinib-tinchimas bolajonlar «sinovdan o‘tkazdi».

O‘sha atrofdagi uylar aholisi qurilish ishlarining yakuniga yetishini kutib ham o‘tirmadi. Xiyobonda hali bo‘yash va ba’zi qurilishlarni yakuniga yetkazish kerakligiga qaramay, aholi unda sayr qilishni allaqachon boshlab yuborgan. Tasavvur qiling, uyda har kuni zamonaviy halinchaklar haqida gapirilsa va bolajonlar ham kattalarning qo‘lidan tortqilab maydonchaga unday boshlasa, chidab o‘tirishning iloji ham yo‘q-da! Bunday gavjum joyni ta’mirlash uchun yopib qo‘yishning iloji ham yo‘q. Shunday bo‘lsada qurilish ishlari tezda yakunlanib, xiyobon yaqin kunlarda ochiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech