22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Xavfsizlik
20 Fevral  2019 983

Termizda o‘z o‘g‘lini 20 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

2019-yilning 1-fevral kuni termizlik N.N. Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida yanvar oyining o‘rtalarida Termiz shahar hududida shaxsiy ishlari bilan yurgan vaqtida Termiz shahrida yashovchi Zubayda (ism shariflar shartli ravishda o‘zgartirilgan) ismli ayol bilan tanishib qolganligi va ushbu ayol o‘zining hozirda Termiz shahar hududida joylashgan maktabning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Arslonbek ismli o‘g‘lini 25.000.000 so‘mga sotish maqsadida yurganlini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish kerakligini so‘ragan. 

 

Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan 2019-yilning 2-fevral kuni viloyat IIB JQB UJQKB xodimlari tomonidan Termiz tumani “A.Navoiy” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zubayda  2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘lini 20.000.000 so‘mga N.N.ga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, Z.J.ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech