24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,5 °C

Sport
21 Yanvar  2019 947

Terma jamoamiz penaltilar seryasida Avstraliyaga imkoniyatni boy berdi

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak final bahsida Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi. Bilasizki, bu bosqichdan boshlab g‘olib jamoa musobaqada davom etadi, mag‘lublar uyiga qaytishadi. Shuni anglagan holda ikkala terma jamoa vakillari ham o‘yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Xavfli vaziyatlar bo‘ldi ammo birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmadi.

 

Ikkinchi bo‘limda Avstraliya terma jamoasi uch-to‘rt marotaba juda xavfli vaziyatlar yaratishdi, darvozabonimiz Ignatiy Nesterovning mahorati darvozamiz daxlsizligini ta’minladi. Shunday qilib, ikkinchi bo‘limda ham darvozalarga to‘p kiritilmadi va o‘yin ekstrataymlarda davom etdi.

Ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda ham darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seryasida esa vakillarimiz imkoniyatni boy berishdi. O‘zbekiston terma jamoasi uchun bu galgi Osiyo Kubogi nimchorak finalda tugadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech