16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
21 May  2019 1008

Temurjon Komilov Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident qaroriga ko‘ra, Temurjon Komilov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. U xalq ta'limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas'ul hisoblanadi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004-yil bakalavriyat va 2006-yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017-yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.

2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018-yilda u Hisob palatasining Byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Temurjon Komilov ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Atabek Nazirov o‘rnini egalladi. Eslatib o‘tamiz, Atabek Nazirov 2019-yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech