14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Transport
11 Sentyabr  2019 416

Temir yo‘l sohasida Turkiya bilan hamkorlik kengaymoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Xusnutdin Xasilov bilan “Turkiya davlat temir yo‘llari” AJ bosh direktori Arikan Erol boshchiligidagi delegatsiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Yig‘ilishda temir yo‘l transporti sohasida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, temir yo‘l orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv chog‘ida shuningdek, yuk tashish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar belgilab olindi. O‘zbekiston va Turkiya temir yo‘llarining Boku –Tbilisi – Qars va Turkmaniston – Eron transport koridorlar orqali yuk tashuvlar hajmini oshirish bo‘yicha ikkitomonlama Ishchi guruh tashkil etilishi xususida ham kelishib olindi. 

Tadbir davomida o‘zaro eksport-import xizmatlarini ko‘rsatishda konteynerlardan keng foydalanish bo‘yicha ham fikrlar bildirildi. Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli yuk vagonlarining Turkiya davlatida erkin harakatlanishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalari ham yig‘ilganlarning diqqat-e'tiborida bo‘ldi.

Uchrashuv so‘ngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli shartnoma imzolandi. Shartnomaga shu jumladan, Turkiya davlatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli yuk vagonlarining erkin harakatlanishiga sharoitlari bo‘yicha tegishli band ham kiritildi hamda bu bilan O‘zbekiston tadbirkorlarining yuklarini xavfsiz va qisqa muddatda Turkiya va yevropaga jo‘natish uchun qulay sharoitlar belgilab olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech