16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Transport
19 Avgust  2019 469

Mustaqillik bayrami arafasida temir yo‘l poezdlarida 50 foizgacha chegirmalar bo‘ladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 2019-yilning 31-avgust – 3-sentyabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etadi, deb xabar qiladi jamiyat matbuot xizmati.

Demak, bayram kunlari quyidagicha chegirmalar taqdim etiladi:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50 foiz;

- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalari – 15 foiz;

-  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;  

- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida)  – 15 foiz;

- “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech