24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Transport
12 Yanvar  2019 1379

Temir yo‘l chiptalarini sotib olishda kimlar ustunlikka ega ekanini bilasizmi?

Temir yo‘l chipta kassalarida chipta sotib olish bo‘yicha quyidagilar ustunlik huquqiga ega:

  • 10 yoshgacha bolali yo‘lovchilarga, shuningdek, yo‘llanmalar bo‘yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo‘lovchilar;
  • Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari;
  • Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilari, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlari, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlari;
  • tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslar;
  • avariya yoki yong‘inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilari.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech