20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Xavfsizlik
23 Iyul  2019 407

56 ta televizor do‘kongacha yetib bormadi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Q.A. tomonidan tuzilgan qing‘ir reja barbod bo‘ldi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu shaxs o‘zining “Mersedes Bens Sprinter” rusumli yuk mashinasiga ortilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 56 dona xorijda ishlab chiqarilgan televizorlarni 10 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech