21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Xavfsizlik
21 Avgust  2019 420

Telefon sabab aka o‘z ukasining umriga zomin bo‘ldi

20-avgust kuni soat 19:30 larda, Olmaliq shahar, Abdulla Qahhor ko‘chasida yashovchi M.A. (1994 y.t.) ukasi A.A. (2001 y.t.) bilan uyali telefon apparatini talashib qolib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech