05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Ta'lim
28 Mart  2020 7522

Teledarslar bepul namoyish qilinadi

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30 martdan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi.

«Uzdigital TV» MChJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni «National Geography Wild» kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa «Oxota va rыbalka» kanalida tamosha qilishlari mumkin.

Kabel televidenie hamda IP-televidenie abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun'iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televidenie xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi m’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi videodarslarni internet tarmog‘ida, jumladan, quyidagi manbalarda joylashtirib boradi:

TASIX tarmog‘ida

https://mover.uz/channel/uzeduuz/ 

TASIX tarmog‘idan tashqarida

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech