26 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Agrosеktor
14 Yanvar  2020 419

Tejamkor sug‘orish texnologiyalari: tomchilatib, yomg‘irlatib va pulsar...

Tomchilatib sug‘orish, va ayniqsa, bunday texnologiyalarni qo‘llashning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi dehqonlarning suvni tejab ishlatgan holda yuqori hosil olish imkonini beryapti. Bu esa fermerlarda ushbu zamonaviy texnologiyaga qiziqishning tobora ortishiga olib kelyapti.

Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019-yilda Farg‘ona viloyatida 1 ta paxta to‘qimachilik klasteri va 13 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 331 gektar yer maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.

Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2 milliard 496 million so‘m subsidiya berilgan.

- Bu yil viloyat bo‘yicha jami 5 230 gektar yerda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari qo‘llaniladi, — deydi Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Allamjon Fozilov. — Shundan 4 820 gektarini tomchilatib, 310 gektarini yomg‘irlatish va 100 gektarini esa pulsar usulida sug‘orish ko‘zda tutilgan.

Hozirda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish istagini bildirgan klaster tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari ro‘yxati shakllantirilib, ular bilan pudratchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar ham rasmiylashtirilmoqda.

3 ming gektar maydonda yangi texnologiyalarni joriy etish uchun shu kunga qadar qator klaster tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari va “Tomosha agro eksport”, “Omad Start”, “Reel teknik muhendislik , “Agro Boss” va “Netafim” kabi quruvchi tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzilgan hamda bu borada tijorat banklariga ariza va talabnomalar kiritilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech