23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,7 °C

Raqamlashtirish
20 Yanvar  2020 2442

Innovatsion rivojlanish vaziri “NAPA” texnoparki tashkil etilishining birinchi bosqichi natijalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazir o‘rinbosari Olimjon To‘ychiev innovatsion rivojlantirish orqali biznes jarayonlarini avtomatlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi “NAPA TEAM” kompaniyasining texnopark tashkil etish loyihasining birinchi bosqichida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida kompaniyaning yangi qurilgan binosiga tashrif buyurdi.

Portal pv.uz/ Pravda Vostoka. 20-yanvar. “NAPA TEAM” hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari sohasidagi “NAPA Edu Hub” loyihasi bir yilda 5 ta yo‘nalish, ya'ni dasturlash, raqamli marketing, dizayn, loyihalashtirish, boshqaruv bo‘yicha keng qamrovli vazifalarni amalga oshirishga qodir (fullstack) mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta'lim loyihasini amalga oshirmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining tashrifi davomida NAPA texnoparkini tashkil etish imkoniyatlari, kelgusi vazifalar hamda kelajakda texnoparklarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi. Texnopark tashkil etish loyihasi 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 5 yilga mo‘ljallangan.

Ushbu loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida chet ellik o‘qituvchilar va amaliyotchilarni jalb etgan holda “NAPA Edu Hub” ishga tushirildi. Mazkur loyihada o‘quv jarayonlari chet ellik hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ta'lim tizimi orqali amalga oshiriladi va yuqori sifatli o‘qitishni kafolatlaydi. Bu esa bitiruvchilarga o‘z sohalarida ish topishga imkon beradi.

Shuningdek, startap kompaniyalarini samarali faoliyat yuritishlari maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi, AT sohasida yangi loyihalarni joriy etish uchun kovorking xizmatlar tizimi ishga tushirildi, shuningdek, umumiy maydoni 1500 kvadrat metr bo‘lgan, mahorat darslari, treninglar, seminarlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ekotizim yaratildi.

Kelgusida Toshkentda NAPA texnoparkini barpo etish, shuningdek, O‘zbekiston hududlarida NAPA texnoparkining filiallarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Tashrif davomida, Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov vazirliklar va idoralar xodimlaridan tashkil topgan davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil etish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida mahalliy va chet ellik mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida taklif berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech