24 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Mamlakatimizda
27 Mart  2019 727

Ishlab chiqarish va xavfsizlik uchun texnologiyalar

Poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz» MKKda metallurgiya va metallga ishlov berish, maxsus texnika, avtosanoat va transport, tog‘-kon sanoati uchun texnologiyalar va uskunalar, kimyo sanoati, plastmassa va rezina ishlab chiqarish, shuningdek, xavfsizlik texnologiyalari va mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlaridagi beshta sanoat ko‘rgazmasi ochildi.

 

Ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etgan «International Expo Group» MChJda bu yilgi xalqaro ko‘rgazma ishtirokchilari soni o‘tgan yilga qaraganda 30 foizga o‘sganini qayd etishdi. Ko‘rgazmada dunyoning 16 ta davlatidan 150 ta kompaniya ishtirok etdi.

Hozirgi tadbir doirasida manfaatdor shaxslar metallga ishlov beruvchi uskunalar, dastgohlar qurish va payvandlash uchun asbob-uskunalar hamda xizmatlar, yo‘l qurilish maxsus texnikasi, tog‘-kon va rudani qayta ishlash majmualari, boyitish va tashish texnikalari, shuningdek, ishlab chiqarish xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladigan texnik vositalarning keng turlari bilan tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma 27-29-mart kunlari «O‘zekspomarkaz»ning 1 va 2 pavilonlarida bo‘lib o‘tadi.

O‘z axborotimiz.

Muzaffar Abdullayev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech