17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,2 °C

Kеyingi avlod
19 Iyul  2019 559

Bu yil TDTUning Olmaliq filialiga 640 nafar talaba qabul qilinadi

2019-2020-o‘quv yili uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga 640 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qabul komissiyasi tomonidan umumiy hisobda 6205 nafar abiturientning hujjatlari rasmiylashtirildi. Kunduzgi bo‘limga 2539, kechki ta'limga 1192, sirtqi ta'limga 2474 ta hujjat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

10 nafar xorij fuqarosi ham TDTU Olmaliq filialida o‘qish istagini bildirishgan.

Davlat parametrlari bo‘yicha kechki ta'limga 125 ta, sirtqi ta'limga 75 ta, kunduzgi ta'limga 440 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech