04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Bo‘sh vaqtda
8 Yanvar  2020 1348

Toshkentliklar va sayyohlarni «Kumushkon»da to‘laqonli hordiq kutmoqda

Tog‘ bag‘rida qadimiy chinor daraxti yonidagi masjid va manzarali qoyalar orasidan oqib o‘tuvchi buloq suviga ega «Kumushkon» maskani toshkentliklarning sevimli joyidir. Biroq ushbu ajoyib maskanning salohiyatidan to‘liq foydalanilmaydi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «2019-2021-yillarda Toshkent viloyatida turizmni jadal rivojlantirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan chora-tadbirlar rejasi tuzilgan bo‘lib unga ko‘ra, Kumushkonda sayyohlik maskanini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Rejada yo‘llarni asfaltlash, ichki ko‘chalarni tekislash va ularga shag‘al to‘kish, yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, gulzorlar tashkil qilish, tungi yoritish uskunalarini o‘rnatish, elektr uzatish tarmoqlarini va gaz quvurlarini ta’mirlash, chiqindi yig‘ish joylarini qurish va turar joylar fasadini ta'mirlash, bezak berish ko‘zda tutilgan.

Chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, 2020-yilda 10 ta uydan iborat Musavvirlar ko‘chasi tashkil etiladi. Shuningdek, milliy madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun maxsus sahna quriladi.

Ta’kidlash lozimki, «Kumushkon» MFY hududida o‘ziga xos etnomadaniy hududlar, qishloqlar tashkil qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, undan milliy taomlar tayyorlanadigan oshxonalar, hunarmandchilik, rassomlik va agroturistik maskanlar o‘rin olishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mahallada mehmon uylari, kutubxona, yoshlar ijodiy markazi, xalq o‘yinlari va sport tomoshalari uchun maydoncha, o‘tovli hudud, sayyohlar uchun axborot markazlari, esdalik sovg‘alar va hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlari, sayyohlarga tibbiy yordam ko‘rsatish joylari o‘rin oladi.

Hududda 45 dan ortiq loyiha amalga oshirilishi va 1 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan, deya xabar qiladi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech