13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Turizm
23 Iyul  2020 555

Toshkent viloyatida etnoturizm rivojlanyapti

Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha viloyat Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyatidagi hududiy departamenti tomonidan yangi loyihaga asos solindi.

Xususan, viloyatning etnoturizm salohiyatidan unumli foydalangan holda yangi turizm marshrutini yaratish ustida ish boshlandi.

Yangi yoʻnalish manzili Toshkent viloyati Ohangaron tumanining goʻzal va beqiyos togʻ bagʻrida joylashgan Moʻminobod qishlogʻidir.

Tashabbuskor fermer Oybek Xoltoʻrayev hamda departament vakillari hududning mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qiziqarli boʻlgan etno va agroturizm imkoniyatlarini taqdim qilishni maqsad qilishgan. Bundan koʻzlangan maqsad yangi turizm marshrutini yaratish orqali sayyohlarga taklif qilinayotgan turizm yoʻnalishlari sonini oshirish va bu orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda mahalliy aholini qoʻshimcha daromad bilan taʼminlash, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech