22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,4 °C

Mamlakatimizda
9 Yanvar  2019 1735

Poytaxtda «Startup Mix #40» bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida «Startup Mix #40» konferensiyasi ish boshlaydi.

Tadbir dasturidan 15 da startap (startap — hayotga qandaydir yangilikni olib kirishni maqsad qilgan loyiha)lar uchun «Speed Mentoring» va «Curiosity Machine AI Family Challenge» seksiyalari, sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro oilaviy tanlovlar loyihalari namoyishi kuni o‘rin olgan.  

10 dan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalaridan iborat jamoalar o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazadilar. Bu esa sun’iy ong, mexanika va robototexnika kurslari asoslarining o‘ziga xos yakuni bo‘ladi. Asosiy maqsad – g‘oya ijtimoiy muhim muammoni hal etishi kerak.

Storitelling (bilim, hikoyalar, hodisalardan so‘zlab berish yordamida insonda hissiyotlarni va tafakkurni hosil qilish) bo‘yicha almatilik spiker Dina Mukasheva video, taqdimot va reklamalardagi hodisalardan so‘zlab, tajriba o‘rtoqlashadi. Qozog‘istonlik trenerlar «Arduino»da ishlash asoslari bo‘yicha 14 yoshdan katta ishtirokchilar uchun mahorat-darslarini o‘tkazadilar.

«Technovation Challenge» yirik xalqaro tanlovining anonsi ham bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekistonda uch yildan beri o‘tkazilmoqda.

Agar tinglovchi sifatida ishtirok etishni istasangiz, u holda konferensiyaning www.startupmix.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting. Joylar soni cheklangan. Ishtirok bepul.

Hakim Azizov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech