19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Mamlakatimizda
16 Yanvar  2019 1646

Aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda

Poytaxtning magistral kanallariga tutash hududlarda «Book cafe» va «Open air» kinoteatrlari tashkil etiladi.

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me’morchiliklarini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar shuningdek, amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy ko‘ngilochar maskanlar ochish belgilangan, deya xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xususan, sayyohlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish maqsadida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan sport va sog‘lomlashtirish (baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yo‘laklari) maskanlari hamda yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, «Wi-Fi» hududlar va musiqali favvoralar barpo etiladi.

Shu bilan birga, kanallarga tutash hududlarda «Book cafe» hamda «Open air» kinoteatrlari, «Ekstremal sport turlari», «Sun’iy plyaj» loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, «Bo‘zsuv» kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan «Gandola» qayiqlarida sayr qilish maskanlari ham tashkil etiladi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech