03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Mamlakatimizda
22 Iyun  2019 2116

“Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining mutloq g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini aniqlash hamda ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

“Tashabbus” ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida 24 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan yagona tanlov ekanligi bilan ajralib turadi va 2018-yildan ushbu tanlovning formati ham o‘zgartirildi.

Bu yilgi tanlov asosiy tashkilotchi hisoblangan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Hunarmand” uyushmasi, Yoshlar ittifoqi tomonidan tegishli vazirlik hamda idoralar ko‘magida tashkil etildi. 

Ko‘rik-tanlov quyidagi 5 ta asosiy nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi. 

“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishi bo‘yicha 1 o‘rinni “NAFIS TEX GROUP” MChJ (Namangan viloyati) egalladi;

“Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishi bo‘yicha 1 o‘rinni “SITORA IMKON PLYUS” NTM (Qashqadaryo viloyati) egalladi;

“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” yo‘nalishi bo‘yicha 1 o‘rinni “EXPORT FISH PRODUCT” MChJ (Navoiy viloyati) egalladi;

“Yilning eng yaxshi fermeri" yo‘nalishi bo‘yicha 1 o‘rinni “MeHNAT-FAROVON HAYoT” FX  (Surxondaryo viloyati) egalladi;

“Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishi bo‘yicha 1 o‘rinni Toshev Davron (Buxoro viloyati) va Yusupov Shavkat (Toshkent viloyati)  egalladilar;

Barcha yo‘nalish birinchi o‘rin sohiblariga “Tashabbus — 2019” statuetkasi, oltin medal, maxsus diplom hamda Prezident sovg‘asi — “Spark” avtomobilining kaliti topshirildi.

Har bir boschqichda ko‘rik-tanlovning asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi va qimmat baho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech