29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27 °C

Xavfsizlik
3 Aprel  2020 1125

Tartib qoida sog‘ligimiz garovidir

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22 286 ta holat aniqlangan. Ular to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligi quyidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi:

- Toshkent shahrida – 3 778 ta holat; 

- Farg‘ona viloyatida – 2 762 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 2 203 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 2 183 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 1 636 ta holat;

- Namangan viloyatida – 1 578 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 469 ta holat;

- Andijon viloyatida – 1 326 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 250 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 1 151 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 015 ta holat; 

- Xorazm viloyatida – 869 ta holat;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 784 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 282 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, 2-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, «Qayirma» mahallasida yashovchi 33 yashar fuqaro , Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, «Andijon» mahallasi, Sokin ko‘chasida yashovchi 38 yashar fuqaro, Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, «A.Navoiy» mahallasi, U.Nosir  ko‘chasida  yashovchi 27-yashar fuqaro, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, «Bahmal» mahallasi, Quruvchilar ko‘chasida  yashovchi 20 yoshli, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, «Gulzor» mahallasida yashovchi 30 yoshdi fuqarolar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilganlar.

Xuddi shunga o‘xshash misollar Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan ham keltirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech