19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Madaniyat
22 Yanvar  2019 1820

Tarjima qilinib chop etilayotgan kitoblar ma'naviyatimizni buzyapti”...(mi?)

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarjima qilinib, chop etilgan Den Braunning “Raqamli qal'a” romani bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur kitob Asaxiy.uz internet do‘konining “Asaxiy books” loyihasi doirasida kitobxonlarga taqdim etilgan edi. 2013-yildan buyon internetda elektron texnika va maishiy jihozlar sotish bilan shug‘ullanadigan mazkur do‘kon bu loyihani o‘zbek kitobxonlariga jahon adabiyoti durdonalari hisoblangan asarlarni o‘zbek tilida taqdim qilish maqsadida boshlagan.

 Hozirgi kunda yoshlar internetdan ko‘p va tez-tez foydalanadi. Mazkur internet do‘kon yurituvchilari ham maishiy texnikalardan tashqari nashriyotlar bilan kelishgan holda kitob savdosini ham tashkil etishni rejalashtirdi. Ular Karim Bahriev tarjimasi bilan Jorj Oruellning “1984” asarini taqdim etganda kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. Ammo 2019-yilning 10-yanvar kuni sotuvga chiqarilgan Den Braunning “Raqamli qal’a” romani ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

 Ushbu kitobni olgan kitobxonlarning bir qismi ijtimoiy tarmoqlarda  Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga oid O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq kitobni o‘qiydigan kitobxonning yoshi ko‘rsatilmaganini tanqid qilgan.

 Yaqin-yaqingacha mazkur qonun mamlakatimizda yo‘q edi. Shu bois kitoblarda ham yosh ko‘rsatilmas edi. Ammo  xalqimizning ma’naviyati buzilib ketdimi, yoki umuman kitob o‘qimaydigan avlodning ma’naviyati yuksalib qoldimi?

 Bahs-munozaralarga chorlovchi savollar ko‘p. Ammo har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi.

 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri shunday fikr qoldirgan:

 – Endi har kimni ham o‘z fikri bor, albatta. Mana masalan men 11-sinfni tugatgunimcha 200dan ortiq badiiy kitoblar o‘qigandim. U kitoblarda yozilgan voqyealarni oldida bu holva. Xudoga shukr shu paytgacha tarbiya buzilmadi. Ikki og‘iz gap bilan odam buzilib qolganda bu dunyoda tuzuk odam qolmasdi. Buziladigan bola hech qachon kitob o‘qib turib buzilmaydi.

Kitob o‘qiydigan bolaning miyasini osongina buzish qiyin bo‘ladi.

Ulardan yana biri yana shunday deydi:

– Ikkiyuzlamachilikni bas qilaylik. Undan ko‘ra farzandlarimizga halol bo‘lishni, qonun-qoidaga rioya qilishni, birovlar haqiga xiyonat qilmaslikni, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lishni o‘rgataylik. Safsata to‘qimasdan, o‘z qilmish va xatti-harakatlarimiz bilan namuna bo‘laylik. Pora bermaylik, ishimizni sidqidildan bajaraylik, tarozidan urmaylik, birovning puliga ko‘z olaytirmaylik, g‘iybatga berilmaylik.

Bitta kitobdagi ikki qator gapni o‘qib, bolalarimiz buzilib ketadi deb o‘ylaydiganlar – agar farzandlarimiz ikkita gapdan «buzilib» ketadigan bo‘lsa, biz tarbiyani yaxshi bermabmiz. Bu faqat va faqat bizning ayb, kitoblarning emas.

Hozirgi raqamli zamonda pornoni topish uchun bir daqiqadan kam vaqt ketadi. Kerak ma’lumotni do‘stlari, sinfdoshlaridan bilib oladi. Biz berkitsak, ko‘cha-ko‘ydan baribir bilib oladi.

Ikkiyuzlamachilikni yig‘ishtiraylik. O‘zimiz qizil chiroqqa tupurib, o‘tib ketamiz. Keyin GAI bilan «kelishamiz». Bozorda tarozidan uramiz, ustiga chiroylisini taxlab, xaridorga ezilganini solib beramiz. Choyxonada «qotar» qilamiz. Yo‘q, bular farzandlarimizni buzmaydi, albatta. Kattalar uchun mo‘ljallangan kitobdagi ikki qator gap buzadi.

 ...

Aslida ta’qiq bilan nimagadir erishib bo‘larmikin?

Psixolog Zebiniso Ahmedovaning fikricha, mazkur kitobda yoshning ko‘rsatilmagani xato, albatta. Ammo tarjimada ana shunday sahnalarni mohirona tarjima qilish muhim. Ushbu kitobda bolalar uchun xavfli bo‘lgan hech qanday bitik yo‘q.

Shu bois “tirnoq orasidan kir qidirish” bizga yarashmaydi.

 

Asilabonu Hamzaeva

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech