14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Sport
6 Oktyabr  2019 325

Tarixda ilk bor suzuvchimiz Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

Vengriya poytaxtida suzish bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari davom etmoqda. Quvonarlisi, musobaqada suzuvchimiz Jahon kuboklari tarixida ilk bor sovrindor bo‘ldi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

 

Bunday tarixiy natijaga Vladislav Mustafin mualliflik qildi. Brass usulida suzishga ixtisoslashgan vakilimiz 50 metr masofaga kechgan bahsda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Suzish bo‘yicha Jahon kubogi. Vengriya
50 metr, brass. Erkaklar

1. Arno Kamminga (Niderlandiya) – 27.13
2. Saba Siladi (FINA) – 27.41
3. Vladislav Mustafin (O‘zbekiston) – 27.46

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech