21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Xalqaro munosabatlar
2 Oktyabr  2019 890

Tanzila Narbayeva Valentina Matvienko bilan yangi maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan birga Sergeli tumanidagi “Baxtli bolalik” nomli 44-son maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.

Yaqinda foydalanishga topshirilgan ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishi haqida qisqacha axborot berildi. Bolalar bog‘chasi 510 nafar bolaga, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 15 ta guruhga mo‘ljallangan. U yerda qariyb 60 nafar pedagogika xodimi va yordamchi xodimlar, shu jumladan, tibbiyot xodimlari faoliyat olib borishi mumkin. 

Bolalarning ovqatlanishi autsorsing yordamida tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining noodatiy loyihasi va dizayni uning o‘ziga xos xususiyatidir. Bu zamonaviy innovatsion bino bo‘lib, keng, yorug‘ vestibyulga, qulay joylashgan musiqa zali va kutubxonaga ega. O‘yin o‘ynash va sayr qilish maydonlari hamda hududlari xavfsiz o‘yin uskunalari, tepaliklar, arg‘imchoqlar, sport maydonlari va ochiq hovuzga ega.

Barcha guruhlarda zamonaviy mebel, audio, video apparatura, 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun barcha talablarga javob beradigan bolani rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar mavjud.

Ta'lim olish makoni rivojlantiruvchi markazlar prinsipi bo‘yicha qurilgan. U yerda nutqni rivojlantirish va yozish, bilim olish, ijod qilish, qurish, konstruksiya yasash va matematika bilan shug‘ullanish hamda syujet-rol o‘yinlari o‘ynash mumkin. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech