15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Sport
9 Iyul  2019 840

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev O‘FAda ish boshladi

Endilikda taniqli sharxlovchi, o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega, xususan sport jurnalistikasida nom qozongan Davron Fayziyev O‘FA matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

“O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida O‘FAning har bir departamentida o‘z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o‘zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to‘liq xamda keng yoritilishini ta'minlashda ushbu sohaning yetuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayziyevga ishonch bildiramiz”, deya ta'kidladi Ravshan Ermatov. 

Davron Fayziyev uzoq yillar davomida MTRK huzuridagi «Yoshlar» va «Sport» telekanallarida faoliyat olib borgan. So‘nggi yillarda esa «UzReport TV» va «Futbol TV» telekanallarida sharhlovchi sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech