05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,9 °C

Mamlakatimizda
6 Iyun  2020 517

Bojxona maʼmuriyatchiligi isloh etiladi

2020-yil 5-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6005-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020-yil 1-avgustdan temir yoʻl transporti tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi maʼlumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida begʻaraz tarzda taqdim etadilar.

2020-yil 1-sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi chegara bojxona postlarida joriy etiladi.

2020-yil 1-noyabrdan:

- bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti xavf darajasidan kelib chiqib, 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi;

- bojxona nazoratining muqobil turlarini qoʻllashni kengaytirish orqali tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borish holatlari qisqartiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;

- Davlat bojxona qoʻmitasining xavflarni boshqarish tizimi avtomobil chegara bojxona postlarida joriy etiladi;

- transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishda tashuvchiga real vaqt rejimida elektron shaklda qayta olib chiqish muddati tugashidan oldin vaqtinchalik olib kirish muddatini uzaytirish va tegishli yigʻimni toʻlashni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi;

- “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini identifikatsiyalash va baholash uslubiyati tadbirkorning oʻzi tomonidan ishlab chiqiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech