18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,6 °C

Mamlakatimizda
2 Fevral  2019 1631

Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament  tasdiqlandi

Bu  haqda Hukumat qarori qabul qilinganligini Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.

 

Reglamentga muvofiq, smola miqdori filtrli sigareta tutuni tarkibida 10 milligramdan hamda filtrsiz sigareta tutuni tarkibida 16 milligramdan oshishi mumkin emas.

Shuningdek, bir dona sigaretaning (filtrli yoki filtrsiz) tutuni tarkibidagi nikotinning miqdori 1,0 milligramdan oshishi mumkin emas.

Har bir tamaki mahsuloti iste'molchi qadog‘ining yuza va orqa tomonini pastki qismida tibbiy ogohlantirish (yoki rasm) joylashtiriladi va ushbu ma'lumot qadog‘ning kamida 40 foizini egallashi lozim.

Ushbu reglament 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech