10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Xavfsizlik
12 May  2020 1311

Talonchi uzoqqa bora olmadi

 Talonchilikda gumonlanuvchi shaxs befarq boʻlmagan fuqarolar tomonidan qoʻlga olindi.

 

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida sodir boʻlgan voqea jonkuyar, oʻzgalar tashvishiga befarq boʻlmagan odamlarning koʻpligiga yaqqol dalil boʻla oladi.

9-may taxminan soat 08:15 da Yunusobod tumani Chinobod koʻchasida 38 yoshli Istam ismli shaxs 26 yoshli Shaxloxonning orqasidan kelgan holda uni boʻynidan tutib, narxi 1 200 000 soʻm boʻlgan telefonini va 750 000 soʻmlik sirgʻasini oʻgʻirlab ketgan.

Istam yashirinmoqchi boʻlganda, oʻsha tomondan oʻtayotgan fuqarolar tomonidan qoʻlga olingan.

Ushbu fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 moddasi (“Talonchilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech