19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Mamlakatimizda
1 May  2019 438

Ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Umumta'lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra, umumta'lim muassasalarida 10-11-sinflarning joriy etilishi munosabati bilan kiritilgan Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida o‘zgartirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida ta'lim muassasalarining yangi tahrirdagi namunaviy shtatlar jadvaliga 1,0 shtat birlik ommaviy tadbirlar tashkilotchisi lavozimi ham kiritilmoqda.

Bugungi kunda hukumat tomonidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat rivojiga hissa qo‘shgan alloma, yozuvchi hamda shoirlar xotirasini abadiylashtirish hamda yoshlarni ularning hayot yo‘li bilan tanishtirish maqsadida ta'lim muassasalarida muzeylar tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda tashkil etilgan muzeylar faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularning namunaviy shtatlar jadvaliga 1,0 birlik muzey kuzatuvchisi lavozimini kiritish taklif etilgan.

Ahamiyatlisi, ta'lim muassasalarida psixolog lavozimlarining amaldagi me'yorlari sinflar sonidan kelib chiqib kiritilgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi namunaviy shtatlar jadvallarida o‘quvchilar soniga ko‘ra umumta'lim muassasalarida 3,0 shtat birlikkacha va tarbiyalanuvchilar soniga ko‘ra “Mehribonlik” uylarida 2,0 shtat birlikkacha psixolog lavozimi kiritilmoqda.

Shuningdek, “Mehribonlik” uylarining amaldagi namunaviy shtatlar jadvalida ko‘zda tutilmagan shtatlar, ishlab chiqilgan qaror loyihasi asosida tarbiyalanuvchilarning sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiq xavfsiz ovqatlantirilishini ta'minlash maqsadida 1,0 shtat birlik dietolog lavozimi, qolaversa, ularning sog‘lom va barkamol avlod qilib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini sermazmun tashkil etish maqsadida 1,0 shtat birlik trener-yo‘riqchi lavozimi ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ta'lim muassasalari uchun amalda qo‘llanilayotgan (3 shtat birlik) qorovul lavozimi har bir bino uchun 4,0 shtat birlikdan kiritilmoqda. Qolaversa, muassasalarning texnik ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, supuriladigan hududga kiradigan maydon turlari (asfalt, beton, bruschatka va sport maydonlari) aniq ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, binolarning ichki tozalanadigan qismlari xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zal hamda o‘quv sinflarga ajratish orqali ularga belgilangan amaldagi farrosh lavozimining shtat birliklari saqlab qolinmoqda.

Qaror loyihasi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Qaror loyihasining muhokamasi 2019-yilning 7-mayiga qadar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech